Belorusiyaning “Energetik-BGU” klubi 2022-yilgi mavsum oldidan jamoa tarkibidagi o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi.
Minskliklar o‘zbekistonlik hujumchi Bobur Abduxoliqov bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirdi. “Nasaf” sobiq hujumchisi 2021-yilgi mavsum o‘rtasida Ukrainaning “Rux” klubidan “Energetik-BGU” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. Belorusiya chempionatida 14 o‘yinda maydonga tushgan hamyurtimiz ikkita golga mualliflik qilgan.
O‘zbekistonlik yana bir futbolchi Doniyor Abdumannopov jamoani tark etgan. U o‘tgan mavsumning ikkinchi qismida “Andijon”dan Belorusiya chempionatiga kelgandi. Ammo futbolchi yangi klubi safida bor yo‘g‘i bitta o‘yin o‘tkazdi.
Soligorskning “Shaxter” klubidan ijaraga olingan Shaxzodbek Ubaydullayev esa katta ehtimol bilan mamlakat chempionlari safiga qaytadi.
Samarqandning “Dinamo” klubida to‘p surgan yarim himoyachi Shoxrux Abduraimov ham hozirda “talabalar” yig‘inida ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!