Xalqaro futbol tarixi va statistikasi qo‘mitasi (IFFHS) 2021-yilning eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi.
Xuddi bir yil oldin bo‘lgani kabi bu safar ham “Bavariya” va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski eng yuqori o‘rinda e’tirof etildi.
Levandovski ushbu so‘rovnomada 150 ochko to‘pladi. U “Barselona” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi (105 ochko) hamda “Chelsi” va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Jorjinyo (40 ochko)ni ortda qoldirdi.
Shuningdek, kuchli o‘ntalikdan Kevin de Bryuyne, Muhammad Saloh, Kilian Mbappe, Krishtianu Ronaldu, Ngolo Kante, Janluiji Donnarumma hamda Erling Xolandlar joy olishdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!