“Spartak”ning sobiq bosh murabbiyi Dominiko Tedesko “Leypsig”ni boshqaradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
36 yoshli germaniyalik mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma 2023-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Tedeskoning avvalgi klubi Moskvaning “Spartak” klubi boʻlib, u yerda murabbiy 2019-yilning oktyabridan 2021-yilning mayigacha ishlagan. “Qizil-oqlar” bilan birga nemis mutaxassis RPL-2020/21 kumush medali sohibiga aylandi.
Keltirilishicha, Tedesko bilan birgalikda “Leypsig”dagi murabbiylar shtabida uning “Spartak”dagi hamkasblari Andreas Xinkel va Maks Urvanchki ham ishlaydi.
“Spartak”dan tashqari Tedesko Germaniyaning “Shalke” va “Ersgebirge” klublarida ham faoliyat olib borgan.
Maʼlumot uchun, “Leypsig” 14 oʻyinda 18 ochko bilan Germaniya chempionati turnir jadvalida 11-oʻrinda bormoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!