“PSJ” hujumchisi Lionel Messi Fransiya chempionatining 2021/22-mavsumi 20-turidan oʻrin olgan “Lion”ga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuborishi mumkin, deb xabar beradi RMC Sport.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Messi koronavirusdan tuzalib, Fransiyaga qaytgani va individual tarzda mashgʻulotlar olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.
Manbaning maʼlum qilishicha, argentinalik futbolchi “Lion” bilan uchrashuv oldidan jamoasining soʻnggi mashgʻulotlarida ishtirok etmagan. Futbolchining tayyorgarlik jarayonlarni oʻtkazib yuborish sabablari oshkor etilmagan.
Maʼlumot uchun, “Lion” – PSJ uchrashuvi ertaga, 9-yanvar kuni Lion shahridagi “Stad de Lyumyer” stadionida boʻlib oʻtadi.
Qayd etish mumkin, PSJ 19 uchrashuvda 46 ochko jamgʻargan holda Fransiya chempionati turnir jadvalida 1-oʻrinni egallab turibdi. Bugungacha 24 ochko jamgʻargan “Lion” 13-oʻrinni band etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!