“Liverpul” yosh futbolchilarga psixologik muammolarni hal qilishda yordam berish uchun ruhiy salomatlik boʻyicha mutaxassis Ishbel Strakerni yolladi, deb xabar beradi Daily Mail.
Manbaga koʻra, psixoterapevt futbolchilar bilan individual mashgʻulotlar oʻtkazadi. “Liverpul”dagi mutaxassisning asosiy vazifasi yosh futbolchilarga ijtimoiy tarmoqlardagi haqorat va irqchilik, giyohvandlik va yulduzlik kasalligining oqibatlarini yengishga yordam berishdir.
Maʼlumot uchun, “Liverpul” 21 oʻyinda 45 ochko toʻplagan va Premyer-liga turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda. Musobaqa peshqadami “Manchester Siti” esa, 23 uchrashuvda 57 ochko jamgʻargan. Kuchli uchlikdagi “Chelsi” bugungacha 44 ochko jamgʻargan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!