Ispaniya terma jamoasi va “Liverpul”ning sobiq yarim himoyachisi Albert Riyera Qozog‘istonning “Aksu” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
39 yoshli mutaxassis oldiga 2022-yilda Superligasida debyut qiladigan jamoa bilan munosib ishtirok etish vazifasi qo‘yildi. Riyera 24-dekabrda Qozog‘istonga yetib keladi va rasman yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, u futbolchilik davrida Ispaniya, Fransiya, Angliya, Gretsiya va Turkiyaning nomdor jamoalarida faoliyat yuritgan. Riyera professional karyerasini yakunlaganidan so‘ng Turkiyaning “Galatasaroy” klubida Fatix Terimning yordamchisi sifatida ish olib borayotgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!