Ushbu mavsum nihoyasiga yetib, taʼtilga chiqqan “Lokomotiv” murabbiylar shtabi yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi ustida ish olib bormoqda. Hozirgi transferlar oynasi vaqtida “Lokomotiv” PFK olti nafar futbolchi bilan doʻstona, iliq tarzda xayrlashganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, bular — darvozabon Javohir Ilyosov, himoyachilar — Shuhrat Muhammadiyev, Xurshid Muxtorov, yarim himoyachilar — Sadriddin Abdullayev, Javohir Sidiqov hamda hujumchi Marat Bikmayev.
Oʻz navbatida, “Lokomotiv” PFK bosh direktor oʻrinbosari Toʻlabek Akramov klubni tark etgan futbolchilarga oʻz minnatdorchiligini bildirgan holda, bu mavsum Superligada 7-oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa-da, jamoadagi barcha bor kuchi bilan mehnat qilib, yuqori oʻrinlar uchun oxirigacha kurash olib borganini taʼkidladi.
“Endilikda boshqa yoʻldan borishni maqsad qilganmiz. Oʻylaymanki, U-21 jamoamizdan bir nechta futbolchi asosiy tarkibda oʻynashga tayyor. Shu bois kelasi yil koʻproq yoshlarga va oʻz tarbiyalanuvchilarimizga eʼtibor berish haqida bosh qotiryapmiz. “Lokomotiv”da tarkib oʻzgargani bilan maqsad va vazifalar oʻzgarmaydi”, — deydi bosh direktor oʻrinbosari.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!