Parijning Luvr muzeyida saqlanuvchi Mona Liza suratiga nomaʼlum shaxs tomonidan tort bilan “hujum uyushtirildi”. Yigit avvaliga surat ustiga qoplangan shishani sindirmoqchi boʻlgan, buning uddasidan chiqa olmagach, suratga tort boʻlagini surtib tashlagan va zalga atirgul yaproqlarini sochib chiqqan. Oʻq oʻtmaydigan shisha bilan qoplangan asarga hech qanday zarar yetmagan, bezori esa politsiya tomonidan qoʻlga olingan.
Maʼlum boʻlishicha, yigit muzey ichiga nogironlar aravachasida, yasama soch taqib olgan holatda kirib kelgan. Politsiya xodimlari ayni vaqtda uning qilmishi sababini oʻrganmoqdalar.
Bu Leonardo da Vinchi tomonidan chizilgan afsonaviy suratga uyushtirilgan birinchi hujum emas. 2009 yilda rossiyalik ayol “Mona Liza” suratiga bir finjon chop sepib yuborgan edi. Keyinroq esa ushbu qilmishiga Fransiya fuqaroligini ololmagani sabab boʻlganini aytgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!