Hindistonlik xonanda, “Made in India” qoʻshigʻi ijrochisi Alisha Chinay Toshkentga keldi. Ijodkor kelgusi 12 kun davomida poytaxtda mehmon boʻladi.
Hindistonlik xonanda Turizm va madaniy meros vazirligi koʻmagida bir nechta viloyatlarga tashrif buyuradi. Ijodkorning 12-17-aprel kunlari Toshkentda, 18-19-aprel kunlari Samarqandda, 19-21-aprel Buxoroda, 21-24-aprelda yana Toshkent shahrida boʻlishi kutilmoqda.
Alisha Chinay Oʻzbekistonga yangi qoʻshiq yozish va klip suratga olish uchun kelgan. U ijodiy jarayondan olingan videotasvirlarni oʻzining Instagram sahifasiga joylagan.
Maʼlumot uchun, Alisha Chinay Hindistonning eng mashhur xonandalaridan biri hisoblanadi. U koʻplab filmlar uchun hind tilida qoʻshiqlar ijro etgan. Ijodiy faoliyatini 1985-yilda boshlagan, 1990-yilga kelib “Hindiston pop qirolichasi” sifatida mashhurlikka erishgan. U olamshumul mashhurlikka erishgan “Made in India” qoʻshigʻi ijrochisi hisoblanadi. Alisha Chinay oʻzbek kino shinavandalariga yaxshi tanish boʻlgan “Zooby Zooby”, “Tinka Tinka” kabi mashhur qoʻshiqlarni ham ijro etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!