Madriddagi NATO sammiti tarixiy bo‘ladi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg El País gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Bu ko‘p sabablarga ko‘ra tarixiy sammit bo‘ladi. Chunki 30 ittifoqchining uchrashuvi Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri Yevropadagi eng katta xavfsizlik inqirozi davrida bo‘lib o‘tadi. Ikkinchidan, bu tarixiy bo‘ladi, chunki biz ko‘plab muhim qarorlarni qabul qilamiz”, – degan Stoltenberg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sammit chog‘ida ishtirokchilar sovuq urush tugaganidan beri alyansning jamoaviy mudofaa tizimidagi eng katta o‘zgarishlar haqida kelishib olishadi.
Avvalroq Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida NATO sammitida qatnashish niyatini tasdiqlagan edi. Bu Yaponiya hukumati rahbarining harbiy ittifoqning bunday tadbirida birinchi marta ishtirok etishi bo‘ladi.
Bundan tashqari, AQSh prezidenti Jo Bayden ham sammitda ishtirok etishini tasdiqladi.
Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy NATO sammitiga taklif qilinadi, u o‘sha yerda shaxsan bo‘lishi yoki alyans yetakchilariga videoaloqa orqali murojaat qilishi mumkin.
Shuningdek, NATOning Madriddagi sammitida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari vakillari ilk bor ishtirok etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!