“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonunning 37-moddasi ikkinchi qismi qo‘shimcha – “k” bandi bilan to‘ldirilishi mumkin.
Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida belgilab qo‘yilmoqda.
Amaldagi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonunning 37-moddasi "Ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari” deb nomlanib, unda ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan faoliyat turlari sanaladi.
Yuqoridagi o‘zgartirishga ko‘ra, mazkur “k” bandi ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tomonidan jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tash davrida bajarilgan har qanday ish, agar ushbu ish uchun ijtimoiy soliq to‘langan bo‘lsa, ish stajiga qo‘shib hisoblanishini nazarda tutadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!