Taniqli MMA sharhlovchisi Ariel Xelvani koʻplab UFC yulduzlarining tashkilot bilan 2022-yilda tugashi mumkin boʻlgan shartnomasi haqida fikr bildirdi.
“2022-yil uchun yana bir qiziqarli voqea — Isroil Adesanyaning shartnomasi. Vaziyat hali Neyt Diaznikiga oʻxshamaydi, chunki uning hali bir nechta janglari bor, ammo voqealar qanday kechishi qiziq.
2022-yilda biz Isroilning shartnomasi, Diazning shartnomasi, Konor Makgregorning shartnomasi va Frensis Ngannuning shartnomasi tugashi mumkin boʻlgan jarayonga duch kelishimiz mumkin.
Bu haqda bir soniya oʻylab koʻring. Bu yirik nomlar 2022-yilda UFCʼni tark etishi mumkin. Oldinda bizni qiziqarli vaqtlar kutib turibdi”, — dedi Xelvani.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!