Shimoliy Koreya rahbari yil yakuniga bag‘ishlangan partiya plenumida mamlakatdagi oziq-ovqat tanqisligi haqida to‘xtaldi.
Kim Chen In hokimiyatning 10 yilligini sarhisob qilgan nutqida yadro quroli va Qo‘shma Shtatlardan ko‘ra ko‘proq qishloq xo‘jaligi hosildorligini oshirish, traktor zavodlari va maktab formalari muhimligini aytib o‘tgan.
“Shimoliy Koreyaning 2022-yilga mo‘ljallangan asosiy maqsadlari iqtisodiy rivojlanishni zudlik bilan boshlash va odamlarning hayotini yaxshilash bo‘ladi. Chunki mamlakat “katta hayot-mamot kurashi” oldida turibdi”, – dedi Kim.
Shimoliy Koreya rahbari oziq-ovqat tanqisligi borasida aniq ma’lumotlarni ochiqlamagan bo‘lsa-da, Jahon Oziq-ovqat tashkiloti 2021-yildagi jiddiy xavfdan ogohlantirgan holda mamlakatda yuz minglab tonna guruch yetishmasligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Ushbu muammo mamlakat ichidagi bir nechta unumdor sholi yetishtiruvchi maydonlari jiddiy suv toshqinlarida qolgani sababli yanada murakkablashgan.
Bu prezident Kimning oxirgi 12 oy ichida oziq-ovqat tanqisligi haqidagi birinchi chiqishi emas. Masalan, aprel oyida Shimoliy Koreya rahbari oliy darajadagi siyosiy uchrashuvlar vaqtida aholini navbatdagi “Mashaqqatli mart oyi”ni sabr bilan o‘tkazishga chaqirgan.
Iyun oyida esa Kim Chen In 2020-yildagi suv toshqinlar tufayli mamlakat keskin oziq-ovqat tanqisligiga uchraganini ta’kidlagan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!