Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.
21 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga “Manchester Siti” qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi El Nacional.
Manbaga koʻra, “shaharliklar” Vinisius borasida “Real”ga ilk rasmiy soʻrovni yuborishgan.
Gap futbolchining kelasi yozda “Manchester Siti”ga oʻtishi haqida ketmoqda. Biroq shu bilan birga, “qirollik klubi” braziliyalikni sotishni istamayapti.
Britaniya grandi murabbiylar shtabi Vinisiusni yaqinda “Barselona”ga oʻtgan Ferran Torresning oʻrnini bosuvchi futbolchi sifatida koʻrmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, braziliyalik futbolchi joriy mavsum “Real” tarkibida 20 ta oʻyinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!