$
12697.00 UZS
2.04
135.05 UZS
0.39
13547.70 UZS
38.99
22° Kechasi 10°

Manfaatlar to‘qnashuvi: Sevimli telekanali, Firdavs Abduxoliqov hamda 4,8 mlrd so‘mlik shartnoma

17:25 / 24.01.2022

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxaliqov hamda Sevimli telekanali o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi va affillanganlik holatlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Kinematografiya agentligi tomonidan shartnomalar tuzilishida va davlat subsidiyasi mablag‘larining taqsimlanishida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi holatlari aniqlangan.

Xususan,  Kinematografiya agentligi direktori va bir vaqtning o‘zida subsidiya mablag‘larini taqsimlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatiga ega Badiiy kengash raisi – F.Abduxalikov subsidiya mablag‘larining taqsimlanishi va kontragentni tanlash jarayonida yaqin qarindoshlari benefisiar bo‘lgan (ta’sischilari: Sharapova F.S. - F.Abduxalikovning turmush o‘rtog‘i 70 foiz, Rashidova A.F. - F.Abduxalikovning qizi 20 foiz, Abduxalikov A.F.  -  F.Abduxalikovning o‘g‘li – 10 foiz) “Master Media Production and Broadcast” MChJ bilan manfaatlar to‘qnashuviga ega bo‘lsa-da, bu holatni bartaraf qilish choralarini ko‘rmasdan, mazkur jamiyat manfaatlarini yoqlab ovoz berishda va qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etgan.

Masalan, 2021-yilning o‘zida Kinematografiya agentligi tomonidan berilgan davlat buyurtmalari asosida “Sevimli” telekanali (“Master Media Production and Broadcast” MChJ) ishtirokida “Orzular palatasi” va “Tuzoq” seriallari suratga olingan.

Jumladan, 2021-yilning 22-fevral kuni Kinematografiya agentligi, “Master Media Production and Broadcast” MChJ hamda "MY-FILMS" MChJ o‘rtasida “Orzular palatasi” milliy serialini suratga olish maqsadida qiymati 3,0 mlrd.so‘mlik shartnoma imzolanib, Kinematografiya agentligi tomonidan 1,5 mlrd so‘m pul mablag‘lari “MY-FILMS" MChJ hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Bundan tashqari, Kinematografiya agentligi hamda “Master Media Production and Broadcast” MChJ o‘rtasida “Tuzoq” milliy serialini suratga olish uchun 2021-yilning 18-may kuni jami qiymati 1,8 mlrd.so‘mlik ikki tomonlama shartnoma (dxarid.uz to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma orqali) imzolangan va 1,8 mlrd so‘m pul mablag‘lari jamiyat hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Shunga ko‘ra, mazkur holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori F.F.Abduxalikov yaqin qarindoshlari ta’sischiligidagi MChJning manfaatlarini ko‘zlab, davlat byudjetidan juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larining ajratilishiga erishib, qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘rganish natijalari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.


Boshqalar


														
														Microsoft kapitalizatsiyasi ilk marta 3 trillion dollardan oshdi

Microsoft kapitalizatsiyasi ilk marta 3 trillion dollardan oshdi

Ushbu darajaga Apple ham erishgan edi.
11:37 / 25.01.2024

														
														“Toyota” mashina ishlab chiqarishni kamaytiradi

“Toyota” mashina ishlab chiqarishni kamaytiradi

Uning avgust oyidagi ishlab chiqarish rejasi 150 000 ta mashinaga qisqartirildi.
21:17 / 23.07.2022

														
														“Netflix” va “Microsoft” arzon reklama ustida birgalikda ishlashadi

“Netflix” va “Microsoft” arzon reklama ustida birgalikda ishlashadi

“Netflix” “Microsoft” bilan hamkorlikda mijozlarga reklamali arzon obuna rejasini taklif qildi.
18:10 / 14.07.2022

														
														Toshkentning 8 ta tumanida issiq suv taʼminoti qisman to‘xtatiladi

Toshkentning 8 ta tumanida issiq suv taʼminoti qisman to‘xtatiladi

Poytaxt hokimligi issiq suv taʼminoti to‘xtatiladigan hududlar ro‘yxatini eʼlon qildi.
17:57 / 20.06.2022

														
														50 dan ziyod xalqaro tanlovlar g‘olibi bo‘lgan “Zulfiyachi” qizdan tengdoshlariga tavsiyalar

50 dan ziyod xalqaro tanlovlar g‘olibi bo‘lgan “Zulfiyachi” qizdan tengdoshlariga tavsiyalar

Bugungi qahramonimiz Xalqaro tanlovlar g‘olibasi hamda Zulfiya mukofoti sohibasidir.
21:03 / 15.06.2022

														
														O‘zbekistonda elektron skuterlar (elektrosamokat)dan foydalanish tartibi qanday?

O‘zbekistonda elektron skuterlar (elektrosamokat)dan foydalanish tartibi qanday?

Elektron skuterlardan foydalanishda qanday qoidalarga yoki tartibga rioya qilish kerak? Milliy qonunchiligimiz bu haqda aniq…
16:07 / 26.05.2022

														
														Prezident maqtagan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi imi-jimida tugatib yuborildi

Prezident maqtagan “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi imi-jimida tugatib yuborildi

Bundan ikki yilcha muqaddam aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi…
15:15 / 26.05.2022

														
														“Eng zo‘r shikoyatchi” Ginnesga kiritmasliklari uchun nashriyot ustidan ham sudga shikoyat yozganini bilasizmi? – ajabtovur sud ishlari

“Eng zo‘r shikoyatchi” Ginnesga kiritmasliklari uchun nashriyot ustidan ham sudga shikoyat yozganini bilasizmi? – ajabtovur sud ishlari

Bugun biz sudlarga aloqador tarixda sodir bo‘lgan ba’zi qiziq voqealar va odatlar haqida ma’lumot beramiz.
11:11 / 25.05.2022

														
														Namanganda YPX xodimi haydovchiga “shantaj” uyushtirishga urindi

Namanganda YPX xodimi haydovchiga “shantaj” uyushtirishga urindi

Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.
16:16 / 20.05.2022

Bu ham qiziq

Sigaret sotish taqiqlanyapti

Sigaret sotish taqiqlanyapti

Bu 2009-yildan keyin tug‘ilganlarga amal qiladi.
09:57 / 19.04.2024
Qirg‘iziston TIV fuqarolarini Isroil, Eron, Livan, Suriya, Iroq va Falastin hududlariga borishdan tiyilishga chaqirdi

Qirg‘iziston TIV fuqarolarini Isroil, Eron, Livan, Suriya, Iroq va Falastin hududlariga borishdan tiyilishga chaqirdi

Shuningdek, vazirlik elchixonalarining favqulodda telefon raqamlari mavjud bo‘lib, ular orqali mintaqadagi Qirg‘iziston fuqa…
15:08 / 19.04.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
09:55 / 18.04.2024
Hududlar kesimida doimiy aholi soni qancha?

Hududlar kesimida doimiy aholi soni qancha?

2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni qariyb 37 mln kishini tashkil etgan.
09:27 / 18.04.2024
Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi

Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi

Meta korporatsiyasining Facebook, Instagram va Messenger kabi boshqa mahsulotlarini hozircha yuklab olish imkoniyati bor.
13:54 / 19.04.2024
“Blok”ka tushgan kartani bankka bormasdan qanday faollashtirish mumkin?

“Blok”ka tushgan kartani bankka bormasdan qanday faollashtirish mumkin?

Buning uchun bank kartasi qaysi tashkilotga tegishli boʻlsa, oʻsha bankning “Call-markazi”ga qoʻngʻiroq qilish kifoya.
12:03 / 19.04.2024
Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Ularga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:32 / 18.04.2024
Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi

Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
12:13 / 18.04.2024
18-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

18-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.
17:01 / 17.04.2024
AQSh O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasiga 50 dona ko‘rik majmuasini topshirdi

AQSh O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasiga 50 dona ko‘rik majmuasini topshirdi

AQSh elchisi ushbu uskunalar chegara xavfsizligi va xizmat faoliyati samaradorligini oshirishda o‘z samarasini berishini ta’…
10:53 / 18.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!