55 yoshli taniqli amerikalik bokschi Mayk Tayson Instagramʼdagi rasmiy sahifasida yangi post joylashtirdi va unda kaptarlarga boʻlgan muhabbati haqida gapirdi.
“Bolaligimdan kaptarlarni yaxshi koʻraman. Axir, ular rahm-shafqatni oʻrgatishadi, — deya izoh qoldirgan afsonaviy bokschi.
Eslatib oʻtish mumkin, 2020-yilning noyabr oyida Tayson yarim ogʻir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, Roy Jons bilan koʻrgazmali jang oʻtkazgan edi. Oʻshanda, sakkiz raund davom etgan jang durang bilan yakunlangan.
Qayd etish mumkin, Mayk professional boksda 58 ta jang oʻtkazib, shundan 50 marotaba gʻalaba qozongan va 6 ta jangda magʻlubiyatga uchragan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!