“PSJ” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Jahon chempionatining har ikki yilda oʻtkazilishini maʼqullamasligini aytdi. Avvalroq, bu fikrga Levandovski ham qarshi chiqqan edi.
“Futbol boʻyicha jahon chempionati har ikki yilda oʻtkazilishi? Bu toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini ayta olmayman. Jahon chempionati bir necha yilda sodir boʻladigan noyob hodisa. Oʻylashimcha, agar uni har ikki yildan oʻtkazsa, u muntazam turnirga aylanadi.
Men Robertning fikriga qoʻshilaman, biz shundoq ham yiliga 60 ta oʻyin oʻtkazamiz va koʻplab turnirlarda ishtirok etamiz. Bu mening sevimli oʻyinim, lekin bu juda koʻp.
Sifatli futbol koʻrmoqchi boʻlsangiz, oʻyinchilarning dam olishiga imkon berishingiz kerak. Oʻyinchilarning sifatini saqlab qolish va ularning sogʻligʻini hurmat qilish mening ham masʼuliyatim”, — deydi fransuz futbolchisi.
Eslatib oʻtish mumkin, Mbappe va Levandovski kecha Globe Soccer Award-2021 taqdirlash marosimida eng yaxshilar safidan oʻrin olishgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!