PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe futboldagi irqchilik muammosi haqida gapirdi.
“Bunga qarshi kurashishni ijtimoiy tarmoqlardan boshlash kerak. Lekin, eng avvalo, biz futbolchilar bunga qoʻshilishimiz kerak. Faol boʻlish va odamlarga yordam berishi kerak”, — dedi hujumchi.
Shuningdek, futbolchi Yevro-2020 doirasidagi Shveysariyaga qarshi oʻyinda penaltidan foydalana olmaganidan soʻng, duch kelgan irqchilik haqoratlari haqida gapirdi.
“Vatanim uchun hamma narsani qildim. Men Fransiyadagi odamlarni xursand qilish uchun qoʻlimdan kelganicha harakat qildim.
Shuning uchun bunday gaplar juda ogʻriqli edi”, — dedi Mbappe.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!