Avval xabar berilganimdek 17 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 5 karra jahon chempioni Magnus Karlsen va Yan Nepomnyashiy kabi kuchli shaxmat ustalarini ortda qoldirib, 2021 yil Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioniga aylandi.
Nodirbek erishgan g‘alabasidan so‘ng matbuot anjumanida qatnashdi va o‘yin vaqtidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Matbuot anjumanini boshlashga tayyormiz. Bu yerda bizning mehmonimiz o‘zbekistonlik yosh yigit 2021 yilgi rapid bo‘yicha Jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov. Gʻalaba bilan tabriklaymiz. O‘zingizni qanday his qilyapsiz? Demoqchimanki, kun uzun bo‘ldi va siz bugun tay-brekni ham o‘ynayman deb o‘ylaganmidingiz?
– Yo‘q tay-brekni o‘ynayman, deb o‘ylamagandim. Lekin men bunga tayyor edim. Men bugun bundan ham muhimrog‘iga, ya’ni yutqazib qo‘ymaslikka tayyor edim. Chunki bu mening ijroim uchun juda ham muhim edi. Va men bunga erishdim.
– Bugungi kunning eng hayajonli daqiqalari qaysi edi? Chunki siz amaldagi chempion va chempionlikka davogarlar bilan kurashdingiz.
– Ha. O‘ylaymanki, men bugun boshqa o‘yin o‘tkazmasligim kerak. Buncha partiyalardan keyin hissiyotlarim o‘ta hayajonli.
– O‘zingizni qanday his qilyapsiz, charchadingizmi?
– Ha juda charchadim. Lekin oldinda yana bir turnir turibdi. Shuning uchun hozir bo‘shashadigan vaqt emas.
– Albatta. Blis bahslari uchun yaxshi tayyorgarlik ko‘rganingiz bilinib turibdi.
– Ha.
– Oxirgi raunddan oldin sizda eng yaxshi natijali tay-brek bo‘lganini aytishdi. Siz buni bilarmidingiz?
– Men bunga u qadar amin bo‘lmagan edim. Menda yaxshi imkoniyatlarim borligini bilardim, lekin birinchi o‘rinni egallayman deb o‘ylamagandim.
– Yan Kshisshtof Dudaga qarshi kechgan oxirgi o‘yin haqida nima deya olasiz? U yerda nimalar sodir bo‘ldi o‘zi?
– Bu juda ham qiyin partiya edi, chunki men debyut vaqtida juda og‘ir o‘ynadim, keyin pozisiyam yomonlashdi. Qandaydir moʻjiza sababli men o‘yinni ushlab qolishga erishdim. Menga omad kulib boqdi, lekin omadsiz bu musobaqada g‘alaba qozonish juda mushkul.
– Albatta. Yan Nepomnyashiy bilan kechgan so‘nggi 2ta blis o‘yini haqida nima deya olasiz? O‘yinlarni qanday baholaysiz va blis qanday kechdi?
– U bizning rapiddagi o‘yinimizdan keyin yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi, biz qaysidir ma’noda o‘xshash debyutlarni takrorladik. Lekin u pozisiyada qoralar bilan o‘ynash osonroq edi.
– Ikkinchi o‘yin ham oson bo‘lmadi. Donalar strukturasi ham qiyin edi. Nima deb o‘ylaysiz, bu haqiqatda qiyin bo‘ldimi?
– Bilasizmi, bu pozitsiyada oqlar bilan o‘ynash bir muncha osonroq ham edi. Bu amaliy qaror qabul qilish edi va bu ish berdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!