PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Yangi yil munosabati bilan post qoldirdi.
“2021-yilda nimani boshimdan kechirgan bo‘lsam, hammasi uchun faqat minnatdorman. Ayniqsa, hech yo‘qolmayotgan virus ko‘pchilikka yomon ta’sir qildi. 2022-yil sog‘lik keltiradi deb umid qilaman. Barchaga salomatlik tilayman. Quchoqlab qolaman” - deb yozuv qoldirdi Messi instagram sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, yakunlangan yilda Leo Argentina terma jamoasi bilan Janubiy Amerika Kubogida chempionlikni qo‘lga kiritdi, avgust oyida esa “Barselona”dan PSJ safiga kelib qo‘shildi, noyabrda bo‘lsa karyerasidagi yettinchi “oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!