“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta London klubi yuqori darajadagi futbolchilarni jalb qilishda davom etishiga ishonch bildirdi.
“Bu klub tarixan dunyoning eng yaxshi futbolchilarini nishonga olgan. Eng zoʻr futbolchilar har doim “Arsenal”ga oʻtishni orzu qilgan. Vaziyat oʻzgarmaganini aytishim mumkin.
Har safar qaysidir oʻyinchi bilan gaplashsam, ular bizga kelish istagini bildiradilar.
Bu bizning kuchli tomonlarimizdan biridir. “Arsenal” oʻyinchilarni oʻziga jalb qila oladi, bu bizning ustunligimiz”, — deydi ispaniyalik mutaxassis.
Maʼlumot oʻrnida, ayni paytda “kanonirlar” Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 35 ochko jamgʻargan holda, toʻrtinchi pogʻonani band etishgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!