“Rossonerilar” futbolchini qancaga sotib olishni ham ma’lum qildi.
“Milan” Hakim Ziyeshni “Chelsi”dan sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olmoqchi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, yanvar oyida Italiya klubi Marokash terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisini 15 million yevroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi.
Bundan tashqari, milanliklar JCh-2022dan so‘ng vinger Rafael Leau bilan shartnomani uzaytirishlariga ishonch bildirmoqda. 23 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi muddati 2024-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!