“Chelsi” hujumchisi Romelu Lukaku Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida aytgan gaplaridan afsusda.
London klubi belgiyalikni sotish yoki ijaraga berish haqida oʻylamayapti. Bu Lukakuning bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan uchrashuvidan soʻng yana bir bor tasdiqlandi. 28 yoshli futbolchi Sky Sport Italiaʼga bergan intervyusidan afsusda.
Eslatib oʻtish mumkin, hujumchi intervyuda “Chelsi”dagi mavqeyidan noroziligi, murabbiyning taktikasi unga maʼqul kelmayotgani shuningdek, “Inter”ga muhabbatini tan olib, Milan klubini tark etganidan afsusda ekanligi haqida gapirgan. Maʼlumotlarga koʻra, aynan shuning uchun u “Liverpul” (2:2) bilan oʻyin qaydnomasiga kiritilmagan.
Qayd etilishicha, Lukaku va bosh murabbiy Tomas Tuxel vaziyatni yana bir bor muhokama qilgandan soʻng, tomonlar bu gap-soʻzlarni oʻtmishda qoldirishga va Angliya chempionligini qoʻlga kiritish uchun birgalikda harakat qilishga qaror qilishgan.
Belgiyalikning na hozir va na keyingi yozda jamoani tark etish ehtimoli esa muhokama qilinmayapti.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!