Yozda u ushbu vazifani yangi murabbiyga topshirib, maslahatchi lavozimiga o‘tadi. The Telegraph o‘z sahifalarida “qizil iblislar”ning navbatdagi murabbiyiga nomzodlardan biri sifatida Roberto Manchini ko‘rsatishmoqda.
Qayd etilishicha, barchasi Italiya terma jamoasining mart oyidagi pley-off natijasidan so‘ng aniq bo‘ladi. Agar Italiya terma jamoasi ketma-ket ikkinchi bor Jahon chempionatiga chiqa olmasa, Roberto Manchini murabbiylik postini tark etib, “Old Trafford”da ish boshlashi mumkin.
Ma’lumot uchun, Italiya terma jamoasi pley-off yarim finalida Shimoliy Makedoniyaga qarshi bahs olib boradi. G‘alaba qozongan taqdirda “Skuadra Adzurra” Portugaliya yoki Turkiya jamoalaridan biri bilan kurash olib boradi. Bu yerda portugallar yoki italiyaliklardan bittasi albatta JChda qatnashmaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!