Namangan viloyatining Chortoq tumanida voyaga yetmagan bola kanalda cho‘kib ketdi. Bu haqda “Milliy” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, “Katta Namangan” kanaliga o‘zini tashlagan bolakay yuqori bosimda oqayotgan suvda harakatlanishga qiynalgan va cho‘kib ketgan.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining suvda qidiruv-qutqaruv guruhi g‘avvoslari bilan olib borilganda kanalning 3-kilometoridan voyaga yetmagan bolaning jasadi topilgan.
Ma’lum qilinishicha, kanalning chuqurligi 5-6 metrni tashkil qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!