Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Norin tumanida 33 yoshli erkak o‘zini osib qo‘ygani haqida xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 26-iyun kuni Norin tumani “Otbozor” MFY, Mustaqillik ko‘chasida yashagan 33 yoshli N.A (oilali, 1 nafar farzandi bor, avtomaktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan) o‘zining yashash xonadoni tom qismida o‘zini-o‘zi osib, vafot etgan.
Tekshirish davomida marhum oxirgi vaqtlarda elektron qimor o‘yinida yutqazib qo‘yganidan oilaviy kelishmovchiliklar kelib chiqqani oqibatida ruhiyatida salbiy o‘zgarish bo‘lgani aniqlangan.
Marhumning o‘limi sababiga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Holat bo‘yicha Norin tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!