Kecha, 19-noyabr kuni Namangan viloyatining Chust tumanida ikki avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi izoh berdi.
Qayd etilishicha, to‘qnashuv soat 21:50 atrofida 4R-122 Farg‘ona halqa yo‘lining 52-kilometrida yuz bergan. Chustnon-Do‘stlarobod MFY hududida “Lacetti” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketgan va qarshisidan harakatlanib kelayotgan EE “Man” rusumli transport vositasiga urilgan.
YTH oqibatida tan jarohati olgan “Lacetti” haydovchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
“Holat bo‘yicha Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!