Amerikaning “SpaceX” kompaniyasiga tegishli boʻlgan “Crew Dragon” kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga yetib bordi. Bu haqida NASA matbuot xizmati maʼlum qilgan.
“NASA astronavtlari Raja Chari, Tom Marshbern, Kayla Berron va ESA (Yevropa kosmik agentligi) astronavti Matias Maurer Xalqaro kosmik stansiyaga yetib bordi”, deyiladi xabarda.
Kema avtomatik rejimda XKSga birlashgan. Bu vaqtda kosmik stansiya Karib dengizining sharqiy qismidan 420 kilometr balandlikda boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, bu “Crew Dragon” kemasining XKSga uyushtirgan toʻrtinchi parvozi. Uning ilk parvozi 2020-yilning 30-may kunida amalga oshirilgan edi.
Maʼlumotlarga koʻra, kosmik kema bortida XKSga parvoz qilgan toʻrt nafar astronavtning 2022-yil aprel oyiga qadar stansiyada qolishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!