NASA kosmik agentligi insoniyatni kelgusida boshqa sayyoralarda nimalar kutayotganini video orqali namoyish etdi. Rolik NASAning Janubiy Kaliforniyadagi reaktiv harakatlar laboratoriyasi sayyohlik plakatlari asosida rejissyor Kris Smit tomonidan ishlangan.
“Bizning tadqiqotchi robotlar Quyosh tizimi boʻylab sayohat qilishgan, lekin inson qadam yetgan Yerdan tashqaridagi yagona joy – Oy boʻlgan”, dedi video muallifi.
Kadrlarda Quyosh tizimi boʻylab turistik parvozlar va ekzosayyoralarga sayohatlar, Oy va Marsning oʻzlashtirilishi jarayoni koʻrsatib beriladi.
Kadrlarda parashyutchining HD 40307 g superyeridan sakrayotgani, oila aʼzolari kosmik kemada Enselad obyektidagi geyzerlarni tomosha qilayotganlarini koʻrish mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!