Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar milliy boshqarmasi agentligi (NASA) Amerika aerokosmik, qurol-yarog‘, mudofaa, axborot xavfsizligi va texnologiya korporasiyasi hisoblangan “Lockheed Martin” bilan birgalikda “Lyusi” kosmik kemasining to‘liq o‘rnatilmagan quyosh paneli bilan bog‘liq muammosini hal qilishga muvaffaq bo‘ldi. Qayd etilishicha, muammo kabelning chigallashgani tufayli yuzaga kelgan.
2021-yil 16-oktyabrda NASA troyan asteroidlarini o‘rganish uchun mo‘ljallangan “Lyusi” zondini ishga tushirdi. Keyinroq agentlik “Lyusi”ga o‘rnatilgan quyosh panellaridan biri to‘liq ochilmagani va sozlanmagani haqida xabar berdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, nosozlik jiddiy muammolarni keltirib chiqarmagan va umuman apparatning ishlashiga ta’sir qilmagan, ammo bu missiyaning keyingi borishiga qanday ta’sir qilishi noma’lum. Agar yomon o‘rnatilgan batareya ishlamasa yoki uzilib qolsa, vosita vazifani bajarish uchun yetarli quvvatga ega bo‘lmasligi mumkin.
O‘tgan yildan beri “Lyusi” ko‘smik kemasi tarkibidagi jamoa nosozlik sababini aniqlash va uni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, quyosh batareyasini ochish uchun mo‘ljallangan kabel o‘z bobiniga (o‘ralgan bo‘lak – plyonka yoki magnit lenta) o‘xshash g‘altakka o‘ralgan.
Jamoa ikkita mumkin bo‘lgan harakat yo‘nalishini taklif qildi. Birinchisi, shnurni turli yo‘nalishlarda tortib, panellarni ochish uchun mas’ul bo‘lgan zaxira va asosiy dvigatellarni ishga tushirishdan iborat. Ikki dvigatelning ishlashi, kamarning harakatlanishiga va quyosh massivining ochilishiga olib keladi. Dastlab ikkita dvigatel bir vaqtning o‘zida ishlash uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsa-da, jamoa kompyuter simulyasiyasi orqali konsepsiya ishlashini tasdiqladi.
Ikkinchi variant batareyani o‘z holatida qoldirish edi: 75-95 foiz kengayish uning to‘liq quvvatining 90 foizdan ortig‘ini ishlab chiqarishga imkon berdi.
“Missiyaning ilmiy maqsadlariga erishish uchun ikkala yo‘l ham xavfli edi”, – dedi Lokxid Martin.
Bir necha oylik modellashtirish va sinovdan so‘ng NASA birinchi variantdan foydalanishga qaror qildi. May va iyun oylarida jamoa quyosh panellarini joylashtirish uchun asosiy va kutish dvigatellarini yetti marta ishga tushirdi. Urinishlar muvaffaqiyat bilan yakunlandi, ya’ni sim cho‘zilib, panelni ochib berdi.
Jamoa “Lyusi”ning quyosh massivi hozirda 360 darajadan 353-357 gradusgacha ochiqligini taxmin qildi. To‘liq joylashtirishga erishilmagan bo‘lsa-da, panel missiyani bajarish uchun yetarlicha barqaror.
“Lyusi” keyingi besh yil davomida quyosh tizimi bo‘ylab sayohat qiladi. Qurilma Yupiterga jo‘natishga yetarli tezlikni olish uchun Yer atrofida ikki marta aylanadi. Rejalarga ko‘ra, u o‘zining birinchi ob’yektiga 2025-yilga qadar yetib boradi va missiyani 2033-yilda yakunlaydi. Bu vaqt ichida “Lyusi” sakkizta obyekt – yettita troyan va bitta asosiy kamar asteroidini o‘rganadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!