NASA kosmik agentligi Amerikaning Kolorado kolleji vakillari bilan birgalikda suborbital raketaga maxsus kamera oʻrnatdi. Olimlar ushbu usul yordamida Yerni 150 kilometr balandlikdan koʻrmoqchi boʻlishgan.
“Loyihaning bosh maqsadi – zond-raketaning parvozini videoga olishdan iborat. Mazkur texnologiyani ilmiy yoki texnologik qurilmalar joylashuvini kuzatishda ham qoʻllash mumkin”, deydi NASAning rasmiy vakili Jovanni Rozanova.
Qurilma “Terrier-Improved Malemute” raketa-zondiga oʻrnatilgan. Shundan keyin raketa atmosferaning yuqori qatlamlarini oʻrganish uchun yoʻl olgan.
Olimlar ushbu loyiha ustida 2 yil mobaynida ish olib borishgan. Mutaxassislar raketa yonidagi kameraning toʻgʻri holatda boʻlishi va Yerga qaytish vaqtiga zararlanmasligi uchun himoya tizimini ishlab chiqishgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!