2022 yilga mavsumda yuqori o‘rinlarni maqsad qilgan “Navbahor” yangi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi.
Namanganliklar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Samvel Babayan “Metallurg” yarim himoyachisi Stanislav Andreyev, “Bunyodkor” xavbegi Nurullo To‘xtasinov va “Qizilqum” futbolchisi Islom Kenjaboyev bilan rasman shartnoma imzoladi.
Bungacha "lochinlar", AGMKning serbiyalik legioneri Yovan Jokichni ham tarkibga qo‘shib olgan edi.
24 yoshli To‘xtasinov o‘tgan mavsumda 23 bahsda 4 gol va 4 assistni o‘z hisobiga yozdib qo‘ygan, 33 yoshli Andreyev 25 o‘yinda 1 to‘p kiritgan va 2 golga assistentlik qilgan. Kenjaboyev bo‘lsa «Qizilqum» safida 13ta o‘yinda 1 golga assistentlik qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!