Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunovning ishdan olingani aytilmoqda.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, bugun xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda va unda tashkiliy masala ko‘rib chiqiladi. Undi Qobul Tursunov egallab turgan vazifasidan ozod qilinib, uning o‘rniga viloyati hokimi vazifasiga Xalq banki boshqaruvi raisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan Shuhrat Atabayev tayinlanishi kutilmoqda.
5 yildan buyon viloyat hokimi vazifasida ishlab kelgan Qobul Tursunovning lavozimdan olinishi sababi hozircha ma’lum emas.
Mazkur xabar ortidan viloyatning yangi hokimining kim bo‘lishi borasida turli taxminlar tarqalmoqda. Jumladan, ayrim manbalar bu lavozimga Xalq banki boshqaruvi raisi Shuhrat Atabayev emas, balki Toshkent shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Tursunov Normat Tulqinovich tayinlanishi haqidagi ma’lumotlarni tarqatmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!