Nursulton Nazarboyevning “Elboshi” maqomi bekor qilindi. Bu haqda mahalliy “Nur” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Parlament birdaniga ikki o‘qishda “Elboshi to‘g‘risida”gi qonunni bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini bir ovozdan qabul qilgan.
Hujjat davlat rahbariga imzolash uchun yuborilgan.
Ushbu qonunga ko‘ra Nursulton Nazarboyev bir qancha imtiyozlardan mahrum bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, Konstitusiyaviy sud Qozog‘iston Respublikasining “Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti – Elboshi to‘g‘risida”gi qonunni haqiqiy emas deb topgan edi.
Qayd etish mumkin, “Elboshi to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy qonunga ko‘ra, Qozog‘istonning birinchi prezidenti bir qator imtiyozlarga ega bo‘lgan, jumladan: Qozog‘istonning birinchi prezidenti qator imtiyozlarga ega bo‘lib, ular orasida: u Qozog‘iston Respublikasi xalqiga, davlat organlariga umrbod murojaat qilish huquqi; hukumat majlislarida qatnashish; tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan majburiy ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan davlat qurilishi, ichki va tashqi siyosati hamda mamlakat xavfsizligining eng muhim masalalari bo‘yicha parlamentga tashabbuslar bilan chiqish kabi muhim vakolatlarga ega edi.
Shu bilan birga, Elboshining faoliyatiga to‘sqinlik qilish, uning sha’ni va qadr-qimmatiga oshkora haqorat qilish yoki boshqa tarzda tajovuz qilish, shuningdek, birinchi prezidentning suratlarini kamsitish javobgarlikka sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, birinchi prezident daxlsizlikka ega edi – u prezident vakolatlarini amalga oshirish davrida va undan keyin sodir etgan xatti-harakatlari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas edi. Uni hibsga olish, hibsda saqlash, tintuv qilish, so‘roq qilish yoki shaxsan tintuv qilish mumkin bo‘lmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!