Nazarboyevning qizlari – Darig‘a va Aliya Nazarboyevalarning turmush o‘rtoqlari Qozog‘istonning “KazTransGaz” va “KazTransOyl” milliy kompaniyalari boshqaruvidan ketganligi aytilmoqda.
Manbalarga ko‘ra, “KazTransOyl” AJ Boshqaruv raisi va direktori Dimash Dosanov lavozimidan olingan. U Qozog‘iston birinchi prezidentining kichik qiziga uylanganidan biroz vaqt o‘tib, 2016-yil 6-avgust kuni ushbu lavozimga tayinlangan edi.
Shuningdek, Darig‘a Nazarboyevaning turmush o‘rtog‘i, “KazTransGaz” MK AJning Boshqaruv raisi Kayrat Sharipbayevning ham egallab turgan lavozimidan olingani aytilmoqda. Ma’lumot uchun, Kayrat Sharipbayev 2014-yilning oktyabrdan buyon “KazTransGaz” MK AJda rais edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!