Pro ligada 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Superligaga muddatidan oldin chiqgan Farg‘onaning “Neftchi” klubi yetti nafar asosiy tarkib futbolchilari bilan yangi shartnoma tuzdi.
“Bu muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishda darvozabonlar Akbar To‘rayev va Mashhur Muhammadjonov, himoyachi Umar Athamzoda, yarim himoyachilar Abdulloh Olimov, Oybek Qilichev, Izzatilla Abdullayev va legionerimiz Aleksandr Yeshichlarning hissalari katta. Ilhom Mo‘minjonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi ana shu yutuqlarni hisobga olib, mazkur futbolchilar bilan tuzilgan shartnomani uzaytirishga qaror qildi.
Bu futbolchilar yangi mavsumda Superligada to‘p suradigan sevimli “Neftchi” jamoasining g‘olibona yurishlariga yana-da ulkan hissa qo‘shib, Farg‘ona futbolining dovrug‘ini oshirishda faollik va ibrat ko‘rsatadilar deb, qat’iy ishonch bildiramiz. Jamoaga yangi o‘yinchilarni jalb etish yuzasidan klub rahbariyati muzokara va suhbatlarni davom ettirmoqda” – deb bayonot berdi “Neftchi” matbuot xizmati o‘zining rasmiy saytida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!