Amerikaning Netflix striming xizmati turli bo‘linmalardan 150 ga yaqin xodimni ishdan bo‘shatdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular AQShdagi kompaniya xodimlarining taxminan 2 foizini tashkil qiladi. Xususan, animatsiya studiyasida ishlagan 70 ga yaqin kishi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar bo‘limining frilanserlari kompaniyadan ishdan bo‘shatilgan. Nashrning yozishicha, xizmat xarajatlarni kamaytirish uchun shunday qadam tashlagan.
Netflix shuningdek, bir nechta animatsion loyihalarni, jumladan Ava DuVernayning “Olov qanotlari” va “Anti-Racist Kid” maktabgacha ta’lim seriyasini to‘xtatishga qaror qildi.
Ta’kidlanishicha, xarajatlarning qisqarishi daromadning sekin o‘sishi bilan bog'liq. Biroq, Netflix vakillari ishdan bo‘shatilgan xodimlarga kerakli yordamni ko‘rsatishga va’da berishdi.
“Ishdan bo'shatishlar, birinchi navbatda, xodimlarning individual ishlashi emas, balki biznes ehtiyojlari bilan bog'liq. Hech birimiz bunday ajoyib hamkasblar bilan xayrlashishni istamaymiz”, - deydi xizmat vakillari.
Qayd etish joiz, 2022-yilning birinchi choragida Netflix obunachilari soni 200 000 foydalanuvchiga kamaygani maʼlum boʻlgan edi. Bu kompaniyaning soʻnggi 10 yildagi birinchi mijozlarini yoʻqotishidir. Rossiya bozorini tark etish qarori yana 700 000 abonentni xizmatdan mahrum qildi. Yo‘qotishlar keyingi chorakda davom etishi kutilmoqda. Netflix yana 2 million obunachini yo‘qotishini taxmin qilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!