$
12697.00 UZS
2.04
135.05 UZS
0.39
13547.70 UZS
38.99
22° Kechasi 10°

Nima uchun Skandinaviyada uylarning tomiga oʻt-oʻlanlar ekiladi?

12:10 / 21.11.2021

Skandinaviya – koʻp jihatdan sayyoramizdagi jozibador hududlardan biri boʻlib, bir qator noyob va diqqatga sazovor joylari bilan mashhur. Uning tashrif qogʻozi hisoblanadigan jihatlar orasidagi eng ommaviy va esda qolarlisi tom sohasiga oʻt-oʻlan ekilgan uylar boʻladi. Skandinavlar bu ishni uylarining chiroyli koʻrinishi uchun qilishmaydi, buning bir qator muhim sabablari bor. Lekin, bunday tomlarning foydali ekanligi maʼlum boʻlsa ham, ushbu usul boshqa mintaqalarda tarqalmagan.

Skandinaviya oʻlkasidagi uylarning tom qismiga oʻt-oʻlanlar ekish koʻpchilik tomonidan qadimgi zamonlarda Norvegiya, Islandiya, Daniya va Shvetsiya hududida tarqalgan qadimiy anʼanaga hurmat sifatida qabul qilinadi. Biroq, bunday gʻayrioddiy joyga maysa ekishdan koʻzlangan maqsadlar oz emas. Skandinaviyada bunday tomlarning paydo boʻlishiga aholining xavfsizligini taʼminlash istagi sabab boʻlgan deyishadi.

Gap shundaki, skandinavlar tarixning qadimiy davrlarida oʻz uylarini mana shu yoʻl bilan bosqinchilardan yashirishga harakat qilishgan, uylar atrofdagi yer bilan bir xildek koʻrinishini xohlashgan. Bu usul vaqt oʻtib qanchalik samarali ekanligini ham koʻrsatgan.

Tomlar ustiga maysa ekishni davom ettirishga sabab boʻlgan ikkinchi omil Skandinaviya ob-havosi va hududiy sharoit edi. Birinchidan, qurilish ishlarida foydalaniladigan chim, quruq qobiq va maysalar aralashmasi yuqori darajadagi issiqlik izolyatsiyasi xususiyatiga ega boʻlgan. Ikkinchidan, maysalar xonalardagi issiqlikning barqaror darajasini saqlab turishdan tashqari yilning sovuq fasllarida uyni ortiqcha namlikdan himoya qilgan.

Issiq kunlarda esa aksincha boʻlgan. Yashil oʻt-oʻlanlar ichki xonalarni quyosh nuridan himoya qilib turgan.

Oʻt-oʻlanlar bilan qoplangan tomning yana bir afzallik jihati uning tabiiy mahsulot ekanligi edi. Qurilish ishlarida faqat tabiiy materiallardan foydalanilgan.

Bugungi kunda tendensiya darajasiga chiqqan ongli isteʼmol va energiya manbalari bilan atrof-muhitni ifloslantirmaslik gʻoyasi qadimgi Skandinaviyaning texnologiyalari orasida ham boʻlgan. Shuning uchun Skandinaviya uslubi biroz oʻzgargan va zamonaviy koʻrinishda Daniya, Norvegiya, Islandiya va Farer orollarida hamon mashhur.

Skandinaviyaliklar uchun maysalar bilan qoplangan tomlarning yuqorida aytib oʻtilgan barcha afzalliklari bu turdagi tomning qurilishi va undan foydalanishdagi qiyinchiliklarga qaramay, tanlov masalasida hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Murakkabliklarning asosiylaridan biri uning qimmatligi boʻlib, uyni tabiiy materiallardan qurish, tomni oʻt-oʻlan bilan qoplash arzonga tushmaydi. Bundan tashqari, qurilish texnologiyasining oʻzi ham oʻta murakkab, juda koʻp vaqt talab qiladigan va bir necha bosqichdan iborat jarayon. Tomni maysa bilan qoplashning mexanizmlaridan biri quyidagicha koʻrinishga ega: issiqlik izolyatsiyasi asosi – 10 santimetrdan qalin loy qatlami tomning butun yuzasiga bir tekisda joylashtirib chiqiladi, ustidan qoʻy yogʻi singdirilgan quruq qobiq, uning ustidan esa torf, mox va somon yotqiziladi.

Bundan tashqari, qurilish jarayonida maxsus algoritmga rioya qilish juda muhim. Maysa bilan qoplangan tomning ogʻir boʻlishini hisobga olgan arxitektorlarga binoni va tayanch qismlarini qoʻshimcha ravishda mustahkamlash buyuriladi.

Bundan tashqari, oʻt-oʻlanli tom toʻgʻri asosga ega boʻlishi kerak, bu maysalarni toʻgʻridan toʻgʻri qoplama va izolyatsiyadan ishonchli tarzda ajratib turadi, shuningdek tuproqning shakli vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishiga yoʻl qoʻymaydi. Agar asos qismi toʻgʻri qurilgan boʻlsa, maysalarning ildizi tomni mustahkamlab turadigan omilga aylanadi.

Yashil tomni doimo parvarish qilish undan foydalanish samaradorligini saqlashning muhim qismi hisoblanadi. Aytish kerakki, tomning tabiiy yuzasi alohida parvarishni talab qilmaydi, uni bor-yoʻgʻi har doim namlantirib turish kerak boʻladi, lekin Skandinaviya iqlimi sharoitida bu jarayon tabiiy usullar bilan amalga oshiriladi. Maysalar ogʻir boʻlib ketishi va tomga oʻz ogʻirligini tushirmasligi uchun ularni har doim kaltalatib turish kerak. Bugungi kunda bu ishni amalga oshirish juda oson: uyda maysalarni tartibga keltiradigan mashina boʻlsa va tomdagi oʻt-oʻlan ham uyning atrofidagi hudud kabi tartibga keltirib turilsa kifoya. Aks holda qurilish texnologiyasining barcha shartlariga rioya qilinmagan boʻlsa, tom bosib qolishni boshlashi, ogʻir holatlarda tomning choʻkishi xavfi yuzaga keladi, bu esa uyda yashovchi odamlarning xavfsizligi uchun bevosita muammoga aylanadi.

Qiziqarli fakt: maysalarni tartibga keltiradigan mashinalar boʻlmagan qadimgi zamonlarda skandinavlarga tomdagi oʻt-oʻlanni kaltalatib turishga uy hayvonlari – gʻoz va hattoki echkilar yordam berishgan. Ularni tomlarning ustiga qoʻyib yuborishgan va uy hayvonlari oʻsib turgan maysalarni isteʼmol qilishgan.

Tom qurishning skandinavlar tomonidan oʻylab topilgan bunday foydali va chiroyli texnologiyasi boshqa mamlakatlarda ham ommalashib ketishi kerak edi, lekin nima uchundir bunday boʻlmadi.

Maʼlum boʻlishicha, bu amaliyotning sayyoramizdagi boshqa mintaqalarga tarqalmaganiga u yerlardagi noqulay iqlim sharoiti sabab boʻlgan. Tomdagi oʻt-oʻlanni parvarish qilish uchun uni har doim namlantirib turish kerak boʻlgan, Yevropaning shimoliy hududlarida bu tabiiy usul bilan amalga oshirilgan boʻlsa, boshqa mamlakatlar iqlimi buning uchun quruq yoki issiqlik qilgan. Albatta, bugungi kunda juda koʻp mamlakatlar uylarning tomlarini oʻt-oʻlanlar bilan qoplash, u yerni bogʻga aylantirish texnologiyasini ommalashtirishga harakat qilyapti, lekin bu urinishlar Skandinaviyaga tegishli boʻlgan original texnologiyani boshqa davlatlarda ham keng yeyish uchun yetarli boʻlmayapti.

Skandinaviyaning oʻzida esa tomlarni oʻt-oʻlan bilan qoplashga boʻlgan talab kattaligicha qolmoqda. Zamonaviy uylarning tomini maysalar bilan qoplash texnologiyasida fan-texnika taraqqiyotidan ham unumli foydalanilyapti. Bundan tashqari, maysalar ekilgan tomlardan sayyohlarni jalb qilish vositasi sifatida foydalanishadi, noyob Skandinaviya uslubiga xos boʻlgan qiziqarli loyihalarni taqdim qilgan odamlar oʻrtasida tanlovlar uyushtirishadi. Bular orqali skandinavlar ushbu usulni yanada ommalashtirishga harakat qilishyapti.


Qiziqarli


														
														Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Muallifning oʻzi ham kitob yozishidan avval 33 yil davomida sigaretga qaram boʻlgan.
15:06 / 13.04.2024

														
														Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

U Marsga bir million odamni yuborish rejasini ishlab chiqayotganini aytdi.
10:32 / 11.04.2024

														
														Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Tamakisiz yashashga yordam beradigan strategiyalar ro‘yxati mavjud.
11:23 / 27.03.2024

														
														Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Biz bilgan Ilon Mask 10 bolaning farzandi va 3 nafar ayoli bor.
15:46 / 17.03.2024

														
														2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

Yaponiyada hodisa oqibatida 123 000 dan ortiq uy vayron bo‘ldi va deyarli bir million zarar yetdi.
15:39 / 17.03.2024

														
														PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

Bu haqda oʻyin loyihasining Instagram sahifasida xabar berildi.
11:37 / 15.03.2024

														
														Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Layner qurilishi kelgusi yilda boshlanadi.
11:33 / 15.03.2024

														
														Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Bahor kelishiga qaramasdan qor mavsumi davom etmoqda.
14:33 / 11.03.2024

														
														Geely va Volvo hamkorlikdagi ilk sedan

Geely va Volvo hamkorlikdagi ilk sedan

Hozircha yangi modelning narxi rasman e’lon qilinganicha yo‘q.
12:39 / 10.03.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat gul nechi pul turadi?

Dunyodagi eng qimmat gul nechi pul turadi?

Bu gulning o‘rtacha narxi 13 AQSh dollarini tashkil qiladi.
11:43 / 09.03.2024

Bu ham qiziq

Bugun, 19-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 19-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
08:22 / 19.04.2024
Prezident Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Prezident Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi

Unda O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari muhokama qilingan.
14:25 / 19.04.2024
“Blok”ka tushgan kartani bankka bormasdan qanday faollashtirish mumkin?

“Blok”ka tushgan kartani bankka bormasdan qanday faollashtirish mumkin?

Buning uchun bank kartasi qaysi tashkilotga tegishli boʻlsa, oʻsha bankning “Call-markazi”ga qoʻngʻiroq qilish kifoya.
12:03 / 19.04.2024
Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Ularga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:32 / 18.04.2024
Filipp Kirkorov Litvaga kiritilmaydi

Filipp Kirkorov Litvaga kiritilmaydi

Biroq sud mamlakatga kirishni taqiqlash adolatli chiqarilgan hukm deb topdi.
10:00 / 19.04.2024
Kilian Mbappe “PSJ” haqida yakuniy qarorga keldi

Kilian Mbappe “PSJ” haqida yakuniy qarorga keldi

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe yozgi transfer oynasida fransuz klubini tark etadi.
10:42 / 19.04.2024
Marokash misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Marokash misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Joriy yilda ekin maydonlari 2023-yilga nisbatan 31 foizga kamaygan.
14:12 / 18.04.2024
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

Shu jumladan seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
16:13 / 18.04.2024
Tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqarolarga ijara to‘lovini qoplash uchun subsidiya ajratiladi

Tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqarolarga ijara to‘lovini qoplash uchun subsidiya ajratiladi

- hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi.
10:26 / 19.04.2024
Nega bolalarda semizlik kasalligi oshmoqda?

Nega bolalarda semizlik kasalligi oshmoqda?

Bolalikdan semirish insonning katta yoshda ham ortiqcha vaznga moyilligini oshiradi.
11:19 / 19.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!