Myunxenning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer shartnomasini uzaytirish haqida o‘ylamoqda.
Manuelning “qizillar” bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning yoziga qadar moʻljallangan bo‘lib, tomonlar yangi bitimni muhokama qilishga tayyor.
Qayd etilishicha, nemis darvozabonini Myunxen klubida barchasi qanoatlantirmoqda, u shartnomani kamida 2025-yilga qadar uzaytirishni xohlaydi. Tomonlar yil soʻnggiga qadar kelishuvga erishishlari kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Noyer 2011-yildan beri “Bavariya”da oʻynab keladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!