ESPN nashri 2022-yilda eng kutilgan boks jangini eʼlon qildi. Qayd etilishicha, Aleksandr Usik va Tayson Fyuri oʻrtasidagi super ogʻir vazn toifasida mutlaq chempionlik unvoni uchun kechadigan jang joriy yilda eng koʻp kutiladigan janglar orasida birinchi oʻrinni egalladi.
Mazkur qarama-qarshilikning oʻtkazilish ehtimoli 10 dan 8,5 ni tashkil qilgan. Oʻz navbatida ushbu jangi muqobil ravishda Tayson Fyuri – Entoni Joshua hamda Aleksandr Usik – Deontey Ualder jangi ham taxmin qilingan.
Shuningdek, eng koʻp kutiladigan bellashuvlar qatoridan Saul Alvares — Gennadiy Golovkin jangi ham oʻrin olgan boʻlib, mazkur voqelik ehtimoli 10 dan 5 sifatida baholangan.
Bundan tashqari, Entoni Joshua — Deontey Uaylder jangi ham reytingga kiritilgan boʻlib, bu hodisaning amalga oshish ehtimoli 10 dan 3 ni tashkil qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!