Buxoro viloyat sudi binosida 2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish davom etmoqda.
Xususan, sud tergovi davomida so‘roq qilingan sudlanuvchi Lolagul Kallixanova o‘z ko‘rsatmalarida aybiga to‘liq iqrorligini va qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirgan. U sudlanuvchi Dauletmurat Tajimuratovning Nukus shahrida miting o‘tkazish haqida Jo‘qorg‘i Kenges raisi nomiga ariza qoldirgani haqidagi xabariga aldanib, uning ushbu gaplariga ishonib qolgani, shu sababli o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bildirish hamda videoroliklar chiqargani, lekin bu holatlar aholini bunchalik darajada ko‘tarilib ketishini bilmaganini ta’kidlagan.
Shuningdek, Lolagul Dauletmurat Tajimuratovning aldoviga uchgani, ushbu qilmishi oqibatida odamlar vafot etgani, ularning o‘limida esa o‘zini ham aybdor deb bilishini, shu sababli o‘zini kechirmasligini, o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni to‘liq tan olishini bildirgan.
Makan internet-nashrining sobiq ma’muri Lolagul Kallixonova Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan tartibsizliklar bo‘yicha Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan sudda o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. U sobiq advokat Dauletmurat Tojimuratov tomonidan tashkil etilgan va ijtimoiy tarmoqlar orqali separatizm g‘oyalari va ommaviy tartibsizliklarga chorlovchi uyushgan guruhga qo‘shilgan.
Lolagul Qallixonova qilmishidan pushaymon bo‘lib shunday dedi: "Biz juda katta xatoga yo‘l qo‘ydik, o‘z yurtimizga tosh otdik".
Ayblanuvchi, shuningdek, "tartibsizliklar paytida har bir insonning o‘limi uning vijdoniga bog‘liq va hech qanday qamoq jazosi bu xatti-harakatlarni oqlay olmaydi", deb ta’kidlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!