O‘FA matbuot xizmati O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi Covid-19 bilan bog‘liq vaziyat haqida bayonot berdi.
Qayd etilishicha, O‘bekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Dubaydagi yig‘inga Sloveniyadan yetib kelishi rejalashtirilgan edi. Biroq, bevosita ketish oldidan topshirilgan test musbat natijani keltirib chiqargan.
“Shu tariqa, sloveniyalik mutaxassis o‘z yurtida karantin o‘tashga majbur bo‘ldi. Umid qilamizki, karantin davri tugagach, murabbiyimiz o‘z sog‘lig‘ini tiklagan holda terma jamoa boshqaruviga qaytadi. Unga qadar Katanesning yordamchi murabbiylari yig‘inning boshlang‘ich qismida terma jamoani boshqarib turadi”, – deyiladi O‘FA xabarida.
Shuningdek, terma jamoa Dubay shahriga yetib borganidan so‘ng topshirilgan PZR testida “Paxtakor” yarimhimoyachisi Hojimat Erkinovda ham musbat javob qayd etilgan.
U endi belgilangan tartibda, jamoadan ajratilgan holga karantin o‘tashga majbur. Karantin muddati yakuniga yetganidan so‘ng futbolchi qayta test topshiradi va uning keyingi mashg‘ulotlari test natijasidan kelib chiqib rejalashtiriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!