Osiyo chempionlar ligasining 2022/2023 yilgi mavsum guruh bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Unga koʻra, amaldagi Oʻzbekiston chempioni “Paxtakor” Qatarning “Al Duhail”, Eronning “Sepaxon” va pley-off gʻolibi (“Al Taavon” – “Al Jayish”) bilan bir guruhda oʻynaydigan boʻldi.
Oʻz navbatida Oʻzbekiston kubogi sohibi “Nasaf” esa 15-mart kuni pley-offda BAAda “Baniyas” bilan roʻbaroʻ keladi. Vakillarimiz raqiblarini magʻlub etgan holatda, “E” guruhidan oʻrin olishadi. Magʻlubiyat esa “Nasaf”ni OFK kubogiga yoʻnaltiradi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2022-yilgi OChLning pley-off oʻyinlari 2023-yilda boʻlib oʻtishi haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!