$
12689.97 UZS
-15.03
137.20 UZS
1.09
13557.96 UZS
14.43
22° Kechasi 13°

“Ochlik xavfi” yoxud Putindan yangi yurish. Donsiz qolayotgan Yevropa

12:36 / 31.05.2022

“Urush - bu gʻalabaga olib keladigan bir qator ofatlar”

Jorj Klemanso

Urushdan koʻriladigan zarar birgina jang qilayotgan tomonlarga emas, balki boshqa mamlakatlarga ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va Yevropa mamlakatlarining birgalashib Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiya qo‘llashi ortidan jahon iqtisodiyotida jiddiy oʻzgarishlar yuz berdi.

Bugun Yevropa davlatlari Rossiya qoʻshinlari tomonidan egallab olingan dengiz portlaridan Ukraina donini qanday olib chiqish haqida oʻylamoqda. Agar muqobil eksport yoʻllari topilmasa, koʻplab mamlakatlar (asosan Yevropa) ochlik xavfi ostida qoladi. Bu haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti ham bong urmoqda.

Ushbu maqolamizda Ukrainadagi urush tafsilotlari, dunyoga xavf solayotgan yangi ocharchilik haqida soʻz yuritamiz.

Putindan yangi yurishi

Ukrainaning uchinchi yirik shahri Odessa “Dengiz boʻyidagi marvarid” nomini olgan boʻlib, bu nom shaharga bekorga berilmagan. Sababi Odessa iqtisodiy jihatdan hal qiluvchi ahamiyatga ega. Rossiyaning Ukrainaga tajovuzi oldidan Qora dengiz portlari, shu jumladan Odessa, Pivdenniy, Chornomorsk va sharqdagi Nikolayev Ukraina eksportining 70 foizdan ortigʻini bajargan.

Rossiyaning Qora dengiz blokadasi sababli Ukraina bugʻdoy eksportini toʻxtatishga majbur boʻldi. Buning asosiy sababi portlar rus askarlari tomonidan egallab olinganida. Ukraina dunyodagi bugʻdoyning 12 foizini, makkajoʻxorining 15 foizini va kungaboqar yogʻining 50 foizini ishlab chiqaradi. Yigirma oltita mamlakat (asosan Yevropa) gʻallaning 50 foizi yoki undan koʻpini Ukraina yoki Rossiyadan sotib oladi.

24-may kuni Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen Rossiyani ochlikdan qurol sifatida foydalanganlikda aybladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa Ittifoqi kiritilgan sanksiyalarni bekor qilgan taqdirdagina don kemalarining Odessa portidan chiqishiga ruxsat berishini aytgan.

Ukraina yaqin uch oy ichida 20 mln tonna gʻalla eksport qilishi kerak, chunki yaqinda yangi hosil terimi boshlanadi. Ularni saqlash uchun esa joy yoʻq. Tabiiyki, bu holatda eski don mahsulotlari chirishni boshlaydi.

Donsiz qolgan Yevropa

“Prometey” kompaniyasining don va dukkakli ekinlar sotuvchisi Vitaliy Lavrov Ukrainaning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilolmasligini bozordagi vaziyatni halokat yoqasiga olib kelishini taʼkidlagan. Uning soʻzlariga koʻra, hozirda bu turdagi eksport hajmi qariyb oʻn barobarga kamaygan. Bugungi kunda faqat Dunay daryosida joylashgan Izmail, Reni va Kiliya portlari faoliyat koʻrsatmoqda. Ular o'z imkoniyatlari darajasida maksimal ish olib bormoqda. Lekin ularning yuk tashish xajmi Odessa porti kabi yuqori emas.

Ukraina prezidenti Vlodimir Zelenskiy 21-may kungi chiqishida shunday dedi:

“Rossiya oziq-ovqat mahsulotlari – bizning don, arpa, kungaboqar uchun barcha dengiz eksport imkoniyatlarini toʻsib qoʻydi”.

Yevropa Ittifoqi kengashi raisi Charlz Mishel bu vaziyat boʻyicha shunday dedi:

“Rossiyaning Qora dengiz portlarini blokada qilishi tufayli juda zarur oziq-ovqat mahsulotlari u yerda qolib ketgan. Bu kambagʻal mamlakatlar uchun keskin oqibatlarga olib keladi. Biz global javobga muhtojmiz”.

Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar vaziyatga zudlik bilan munosabat bildirib, Ukrainadan eksport yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilish imkonini beruvchi turli kelishuvlarga erishmoqda. Bu kelishuvlarning mazmun-mohiyati gʻalla eksporti uchun temir yoʻl, daryo portlari va avtomobil transportining maksimal imkoniyatlarini birlashtirishdan iborat.

Yevropa Ittifoqi diplomatlarining aytishicha, yuk tashish tarmoqlari allaqachon tiqilib qolgan, yaʼni poyezdlar sekin harakatlanmoqda. Asosiy muammo - temir yoʻllarning kengligi. Sababi Ukrainadagi barcha temir yoʻllar Sovet Ittifoqi davrida qurilgan boʻlib, ular Yevropadagi temir yoʻllaridan 10 santimetrga katta. Bu oʻz navbatida chegarada qayta yuklash yoki yukni boshqa gʻildirakli vagonlarga oʻtkazishni talab qiladi.

Ukraina gʻallasini boshqa mamlakatlar dengiz portlari orqali eksport qilishning muqobil yoʻllarini izlash davom etmoqda. Odessaga eng yaqin Qora dengiz porti Ruminiyadagi Konstanta hisoblanadi. Maʼlumotlarga koʻra, 240 ming tonna don mahsuloti allaqachon Dunay temir yoʻli va yuk mashinalari orqali Konstansa portiga yetib kelgan.

Vaziyatdan chiqishning yana bir yoʻli Polsha orqali Boltiq dengizidagi Gdansk portiga yuk tashish yoʻnalishi boʻlishi mumkin.

Xususiy kompaniyalar Ukrainaga yuk mashinalarini yuborishni istamayaptilar, chunki ular sugʻurta ololmaydilar va Rossiya kuchlari tomonidan bombardimon qilinishi mumkin.

Jahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori Devid Bisli Rossiya rahbariyatiga murojaat qilib shunday dedi:

“Prezident Putindan soʻrayman, agar uning yuragi boʻlsa, iltimos, bu portlarni oching. Toki biz oʻtmishda qilganimizdek, ocharchilikning oldini olishimiz mumkin”,

 

 


Ukraina – Rossiya


														
														Nensi Pelosi: Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, u tinchlikka to‘sqinlik qiladi

Nensi Pelosi: Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, u tinchlikka to‘sqinlik qiladi

Bu haqda u “Six One News”ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
18:00 / 24.04.2024

														
														Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Rishi Sunak seshanba kuni Polshaga tashrifi doirasida Ukrainaga 500 million funt sterlinglik yangi harbiy yordam paketini ra…
12:40 / 23.04.2024

														
														Rossiyaning Ukraina urushida yo‘qotgan askarlari soni ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Ukraina urushida yo‘qotgan askarlari soni ma’lum bo‘ldi

Bu haqda “The Kyiv Independent” nashri maʼlum qildi.
11:47 / 22.04.2024

														
														Putin Ukraina bilan muzokaralarni davom ettirishga rozi bo‘ldi

Putin Ukraina bilan muzokaralarni davom ettirishga rozi bo‘ldi

Ma'lumot uchun, Istanbuldagi muzokaralar 2022-yilning may oyida to‘xtatilgandi.
11:52 / 12.04.2024

														
														Ukrainada ayollar safarbar qilishga chaqirilmoqda

Ukrainada ayollar safarbar qilishga chaqirilmoqda

2018-yilda ayollarga jangovar pozitsiyalarni egallashga ruxsat berilgandi.
10:21 / 11.04.2024

														
														Ukraina prezidenti yangi qarshi hujum rejasini e’lon qildi

Ukraina prezidenti yangi qarshi hujum rejasini e’lon qildi

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniyaning Axel Springer media xoldingiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
09:40 / 10.04.2024

														
														Kecha tunda Rossiya Ukrainaga qator raketa zarbalarini berdi

Kecha tunda Rossiya Ukrainaga qator raketa zarbalarini berdi

Mazkur hujumlar fonida Polsha va ittifoqchi davlatlar aviatsiyalari havoga ko‘tarildi.
10:38 / 06.04.2024

														
														Rossiya ilk bor Ukrainaga qarshi “ODAB-1500” aviabombasini qo‘lladi

Rossiya ilk bor Ukrainaga qarshi “ODAB-1500” aviabombasini qo‘lladi

“Bu hajmli portlash deb ataladi. Ushbu turdagi o‘q-dorilar klassik o‘q-dorilarga qaraganda ko‘proq vayron qiluvchi kuchga eg…
10:17 / 31.03.2024

														
														Ukraina AQSh yetkazib bergan raketalar bilan Qrimga hujum qilmoqchi

Ukraina AQSh yetkazib bergan raketalar bilan Qrimga hujum qilmoqchi

Volodimir Zelenskiy Amerikaning Washington Post gazetasiga bergan intervyusida Amerikaning uzoq masofali ATACMS raketalari h…
10:06 / 30.03.2024

														
														Ukrainadagi mojaroda 20 dan ortiq nemislar ishtirok etayotgani aytildi

Ukrainadagi mojaroda 20 dan ortiq nemislar ishtirok etayotgani aytildi

Ulardan uchtasi Ukraina tomonidan, 11 tasi esa Rossiya tomonidan jang qilmoqda.
16:46 / 22.03.2024

Bu ham qiziq

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Bu haqida viloyat Matbuot xizmati maʼlum qildi.
15:20 / 25.04.2024
“Tolibon” ilmiy asarlarni turk va oʻzbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

“Tolibon” ilmiy asarlarni turk va oʻzbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

Bu haqida “Aamaj News” xabar berdi.
11:52 / 24.04.2024
O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

Bu 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra.
12:40 / 25.04.2024
Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Xabarga koʻra, otaxonning oʻgʻillari FHDYO boʻlimiga murojaat qilgan.
12:49 / 24.04.2024
Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Iordaniya G‘azoga 115 yuk mashinasini gumanitar yordam jo‘natdi

Yetkazib berish Iordaniya Qurolli Kuchlari va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
18:08 / 25.04.2024
Xitoyda ertalabdan o‘zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

Xitoyda ertalabdan o‘zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

Rahbariyat bu ta’tilni rad eta olmaydi. Rad etish qonunbuzarlikdir.
09:15 / 25.04.2024
Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Ulardan biri old tomonda, qolgan ikkitasi esa orqa tomonda joylashgan.
09:35 / 24.04.2024
Uzun sochli ukrainalik ayol dunyo rekordini yangiladi

Uzun sochli ukrainalik ayol dunyo rekordini yangiladi

Uning sochlarining uzunligi 257 santimetrga yetgan.
09:04 / 25.04.2024
Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 24-aprel kuni AQSHning Yuta shtati Senati raisi Styuart Adams boshchiligidagi del…
10:21 / 25.04.2024
Yuz minglab argentinaliklar prezident Xaver Mayli siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi

Yuz minglab argentinaliklar prezident Xaver Mayli siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar mamlakat hukumatidan ta’limni bepul qoldirishni talab qilmoqda.
15:48 / 24.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!