Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yashovchi N.N. 1999-yilda tugʻilgan tanishi K.R.ni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaga joʻnatish vaqtida qoʻlga olindi. U K.R.ni Turkiyaga, keyin esa Ummon Sultonligiga yubormoqchi boʻlgan.
Fuqaro N.N. tanishi K.R. uchun elektron chipta rasmiylashtirgan. Guliston IIB va DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida N.N Toshkent xalqaro aeroportida daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.
Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan N.N.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!