Harakatsizlik inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi uzoq vaqtdan beri ma’lum. Biroq, ofis xodimlari duch keladigan jismoniy harakatsizlik ko‘pincha kam baholanadi. Harakat yetishmasligi tufayli jiddiy kasalliklar rivojlanishi mumkin.
Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, harakatsizlik har yili o‘lim sonining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.
Harakatsiz turmush tarzi bilan metabolizm buziladi , yomon xolesterin darajasi ko‘tariladi va yurak mushaklari ishi yomonlashadi. Bunday holatda odam semizlik, 2-toifa diabet, koronar yurak kasalligi, chuqur tomir trombozi , yo‘g‘on ichak saratoni kabi kasalliklar xavfini oshiradi.
Shu bilan birga, shifokorlarning fikriga ko‘ra, harakatsiz turmush tarzi zararini kamaytirish mumkin. Buning uchun, kuniga kamida 10 ming qadam tashlashingiz kerak, liftdan voz kechish, tez-tez sayr qilish tavsiya etiladi. Shifokorlar, shuningdek, muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishni unutmaslikka chaqiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!