“Navbahor” Odil Ahmedov transferni amalga oshirishi mumkin, deya xabar berdi Sports.uz.
Qayd etilishicha, 6-dekabrdan 26-fevralga qadar ochiq boʻladigan qishki transferlar oynasi chogʻida “Navbahor” tarkibida katta oʻzgarishlar yuzaga kelishi mumkin.
Xususan, Namangan jamoasi Odil Ahmedovni oʻz safiga qoʻshib olishi mumkin. Buning uchun terma jamoaning sobiq sardori Xitoydagi faoliyatiga oydinlik kiritib olishi kerak boʻladi. Shunda “lochinlar” rahbariyati Ahmedov bilan muzokaralarga kirishadi.
Eslatib oʻtish mumkin, ayni paytda Odil Ahmedov Xitoyning “Tsanchjou Mayti Layons” jamoasi aʼzosi hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!