Germaniya va AQSh genetiklari organizmlar evolyutsiyasining oʻziga xosliklaridan birini kashf etdilar va bu orqali Darvinning tasodifiy mutatsiya nazariyasi rad etildi. Olimlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda oʻsimliklar mutatsiyasi tasodifan sodir boʻlmasligi isbotlab berilgan.
Mutatsiya jarayoni DNKga zarar yetkazilganda va ularning avvalgi holatda qayta tiklanmasdan, yangi shaklni hosil qilganida sodir boʻladi. Uzoq yillar davomida ushbu jarayon tasodifan sodir boʻlishi va uni nazorat qilish imkoniyati yoʻqligi aytib kelingan.
Tadqiqot mualliflari “Arabidopsis thaliana” oʻsimligining mutatsiya jarayonlarini kuzatishgan. Ushbu oʻsimlik kichik genomi tufayli koʻp hollarda ilmiy tadqiqotlar uchun qoʻllaniladi. Tadqiqot jarayonida oʻsimlik himoyalangan laboratoriya ichiga joylashtirilgan. Qulay sharoit zararlangan va tabiiy sharoitda halok boʻlishi taxmin qilingan gullarning ham yashab qolishiga imkon bergan.
Olimlar tajriba jarayonida milliondan ortiq mutatsiyani qayd etishgan. Oxir-oqibatda Darvinning tasodifiy mutatsiya nazariyasi inkor etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!