$
12689.97 UZS
-15.03
137.20 UZS
1.09
13557.96 UZS
14.43
22° Kechasi 10°

Olimlar firʼavn Amenxotep I ning qanday koʻrinishda boʻlganini aniqladilar

09:35 / 29.12.2021

Misrshunoslar ilk marta firʼavn Amenxotep I ning mumiyosini “ochib koʻrishdi” va zamonaviy texnologiyalar yordamida uning tashqi koʻrinishi qanday boʻlganini aniqlashdi. Firʼavnning mumiyolangan jasadi mato boʻlaklariga oʻralgan va gulli tasmalar bilan bezalgan holatda topilgan. Uning yuz va boʻyin qismiga niqob joylashtirilgan, niqobning oʻzi esa qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Matoni mumiyolangan jasadga zarar yetkazmasdan turib ochish imkoni boʻlmagan, aynan mana shuning uchun ham tadqiqotchilar uzoq yillar davomida mumiyoni ochishga qatʼiy qaror qila olishmagan.

Qohira muzeyi vakillari mumiyoni raqamli koʻrinishda ochish uchun kompyuter tomografiyasi texnologiyasidan foydalanganlar.

Firʼavn Amenxotepning mumiyosi miloddan avvalgi 11-asrda, jasad mumiyolangandan keyin oradan 400 yil vaqt oʻtib ilk marta ochib koʻrilgan. 21-sulola davrida kohinlar uning mumiyosini yangilab, qaytadan koʻmishgan.

Skanerlash jarayoni olimlarga firʼavnning suyaklari tuzilishini koʻrishga imkon bergan. Tadqiqotlar jarayonida firʼavn vafot etgan vaqtda 35 yoshda boʻlgani, boʻyi 169 santimetrni tashkil qilgani aniqlangan. Mumiyolangan jasad liboslari ustidan 30 ta tumor joylashtirib chiqilgan va bel qismiga sof oltindan ishlangan belbogʻ taqilgan.

Olimlar firʼavnning oʻlimiga sabab boʻladigan birorta ham jarohat yoki kasallik belgisini topa olishmagan. Mumiyoga koʻmilganidan keyin oʻgʻrilar tomonidan bir necha bor zarar yetkazilgan.

Maʼlumot uchun, Amenxotep mumiyosi 1881-yilda Misr janubidagi Dayr al-Bahoriy hududidan topilgan. U 18-sulolaning ikkinchi firʼavni, giksoslarni quvib qolgan va Misrni birlashtirgan hukmdor Yaxmos I ning oʻgʻli boʻlgan.

Amenxotep I miloddan avvalgi Misrda 1525-1504-yillarda hukmronlik qilgan. Aynan mana shu davr Misr tarixida “Oltin asr” deb yuritadi. Amenxotep I davrida Misrda xotirjamlik va farovonlik hukm surgan, yangi madaniy obyektlar qurilgan. Firʼavn Liviya va shimoliy Sudanga muvaffaqiyatli harbiy yurishlarni amalga oshirgan.


Qiziqarli


														
														Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yoʻli” kitobi oʻzbek tilida chop etildi

Muallifning oʻzi ham kitob yozishidan avval 33 yil davomida sigaretga qaram boʻlgan.
15:06 / 13.04.2024

														
														Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask

U Marsga bir million odamni yuborish rejasini ishlab chiqayotganini aytdi.
10:32 / 11.04.2024

														
														Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Chekishni tashlashga yordam beradigan eng yaxshi strategiyalar qanday?

Tamakisiz yashashga yordam beradigan strategiyalar ro‘yxati mavjud.
11:23 / 27.03.2024

														
														Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Ilon Maskning qora tanli o‘g‘li topildi

Biz bilgan Ilon Mask 10 bolaning farzandi va 3 nafar ayoli bor.
15:46 / 17.03.2024

														
														2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

2011-yilgi sunami Yaponiyaga qancha zarar keltirgan?

Yaponiyada hodisa oqibatida 123 000 dan ortiq uy vayron bo‘ldi va deyarli bir million zarar yetdi.
15:39 / 17.03.2024

														
														PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

PUBG Mobile endi o‘zbek tilida

Bu haqda oʻyin loyihasining Instagram sahifasida xabar berildi.
11:37 / 15.03.2024

														
														Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Milliarder yangi Titanikni qurmoqchi

Layner qurilishi kelgusi yilda boshlanadi.
11:33 / 15.03.2024

														
														Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Harorat -20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Bahor kelishiga qaramasdan qor mavsumi davom etmoqda.
14:33 / 11.03.2024

														
														Geely va Volvo hamkorlikdagi ilk sedan

Geely va Volvo hamkorlikdagi ilk sedan

Hozircha yangi modelning narxi rasman e’lon qilinganicha yo‘q.
12:39 / 10.03.2024

Bu ham qiziq

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

U 25-28-aprel kunlari oralig‘ida bo‘lishi mumkin.
12:58 / 23.04.2024
Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qa…
12:33 / 23.04.2024
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

2000 metr balandlikda qor ko‘chishi mumkin.
17:45 / 22.04.2024
Nensi Pelosi: Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, u tinchlikka to‘sqinlik qiladi

Nensi Pelosi: Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, u tinchlikka to‘sqinlik qiladi

Bu haqda u “Six One News”ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
18:00 / 24.04.2024
G‘azoda topilgan ommaviy qabrdagi jasadlar soni 283 nafarga yetdi

G‘azoda topilgan ommaviy qabrdagi jasadlar soni 283 nafarga yetdi

Avvalroq, G‘azo janubida falastinliklarning ommaviy qabri topilgani haqida xabar bergan edik.
10:30 / 23.04.2024
Bishkekda Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion quriladi

Bishkekda Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion quriladi

Stadion bir vaqtning o‘zida 45 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
08:54 / 23.04.2024
Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Faollar “uysizlikni jinoyat deb hisoblash” konstitutsiyaga zid deb umid qilmoqda.
15:44 / 24.04.2024
Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Qayd etilishicha, chiqindilarning asosiy qismi (60%) uy xo‘jaliklaridan chiqadi.
17:26 / 24.04.2024
Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Xabarga koʻra, otaxonning oʻgʻillari FHDYO boʻlimiga murojaat qilgan.
12:49 / 24.04.2024
AQShdagi o‘rtacha oylik statistikasi e’lon qilindi

AQShdagi o‘rtacha oylik statistikasi e’lon qilindi

Amerikadagi o‘rtacha oyliklar bilan tanishing.
15:59 / 22.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!