Sportning toʻrt turi qon bosimini doimo meʼyoriy holatda ushlab turishga yordam beradi va gipertoniyaga qarshi kurashishda dori vositalaridan yaxshiroq taʼsir koʻrsatadi. Olimlar ushbu sport turlari suzish, piyoda yurish, yugurish va velosiped haydash ekanligini aytib oʻtishdi.
Mutaxassislarning taʼkidlashlaricha, ushbu sport turlaridan istalgani bilan har kuni eng kamida yarim soatdan shugʻullanish kerak. Ana shuning oʻziyoq salomatlik bilan bogʻliq yaxshi oʻzgarishlar uchun kifoya qiladi.
Olimlar qon bosimining oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zararli odatlardan voz kechish, spirtli ichimliklar, tuz, kofein, tamaki va shirinliklar isteʼmol qilmaslik, ortiqcha vazndan xalos boʻlish kerakligini aytib oʻtishgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!